Главная » 2021 » Октябрь » 5 » Shifokor umrni uzaytiruvchi mahsulotni ma’lum qildi
23:22

Shifokor umrni uzaytiruvchi mahsulotni ma’lum qildi


Rossiyalik fitoterapevt va biologiya fanlari nomzodi Mixail Lushik asalni umrni uzaytiruvchi mahsulot deb atadi va uning shifobaxsh xususiyatlari haqida so‘zlab berdi. Bu haqda «Vechernyaya Moskva» xabar bermoqda.

Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, asalning shifobaxsh xususiyatlari ko‘p jihatdan uning qanday ingrediyentlardan tayyorlanganiga bog‘liq. Misol uchun, jo‘ka asali shamollashdan tezroq tuzalishga yordam beradi. Akatsiya asali esa past glikemiya indeksiga ega. Shu bois uni diabetga chalinganlar ham bemalol yeyishi mumkin.

Har xil ingrediyentlarning organizmga ta’siri turlicha bo‘lishiga qaramay, shifokor asalning odamlar uchun foydali ekanligini ta’kidlaydi. Mahsulot jigar, yurak va asab tizimiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, u qon tomirlarida ateroskleroz rivojlanishiga to‘sqinlik qiluvchi antioksidantlarga boy.

«Asaldan tashqari, asalari uyasi ham organizmga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi isbotlangan. Mumkataklar oshqozon buzilishini davolashda qo‘llaniladi. Bundan tashqari, asalarilar ishlab chiqaruvchi barcha mahsulotlar umrni sezilarli darajada uzaytiradi», — dedi Mixail.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Теги: mahsulot, umrni, uzaytiruvchi, shifokor | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя