Главная » 2020 » Апрель » 21 » Shifokorlar koronavirusdan o‘lgan odamning o‘g‘lidan suyunchi olishdi. Nega?
12:48

Shifokorlar koronavirusdan o‘lgan odamning o‘g‘lidan suyunchi olishdi. Nega?


Shifokorlar xato qilib koronavirusga chalingan bemorning o‘g‘liga otasining tuzalgani haqida xabar berishdi. "The Mirror" xabariga ko‘ra, bemorlarni adashtirib qo‘yishgan va o‘lgan bemorning o‘g‘liga otasi tuzalayotganini aytib, suyunchi olishgan.

Hodisa AQShning Nyu-Jersi shtatidagi qariyalar uyida yuz berdi. 6 aprel kuni 91 yoshli Tomasa Mastropyetroning koronavirusga chalingani ma’lum bo‘ldi. Ikki kun o‘tgach shifokorlar erkakni qariyalar uyining yuqumli kasalliklar bo‘limiga o‘tkazishdi, u yerda o‘sha paytda o‘nlab xodimlar va muassasa ishchilari bor edi.

Shifokorlar Tomasning o‘g‘li Stivni chaqirib, keksa otasini mahalliy kasalxonaga olib borishni taklif qilishdi. Palatalar to‘lganligi haqidagi xabarni eshitgach, Stiv shifokorlardan otasini qariyalar uyida qoldirishlarini so‘radi. "Men to‘g‘ri qaror qildim deb o‘ylagandim, ammo endi kasalxonaga yotqizishdan bosh tortganim uchun o‘zimni kechira olmayapman", deb tan oldi u.

Stiv otasining kasal ekanligi to‘g‘risida xabar topgandan bir necha kun o‘tgach, unga qariyalar uyidan qo‘ng‘iroq qilishdi. Muassasa xodimlari otasi mo‘’jizaviy tarzda kasallikdan xalos bo‘lganini va tuzalayotganini aytishdi. Stiv xushxabarni eshitganidan xursand bo‘ldi, lekin ishona olmadi, chunki so‘nggi kunlarda otasining ahvoli ancha og‘ir edi.

Oradan to‘rt soat o‘tgach, Stivga yana qariyalar uyidan murojaat qilishdi va xato yuz berganligi haqida xabar berishdi. Ma’lum bo‘lishicha, otasini boshqa bemor bilan adashtirib qo‘yishgan, aslida, Tomas koronavirusdan vafot etgandi. Shifokorlar bemorlar ko‘payib ketganidan shoshilib, Tomas va boshqa bemorning shaxsini aniqlab turuvchi bilakuzuklarni aralashtirib yuborishgan.

Xatoni dafn marosimi ishchisi payqadi, marhumga turli nomdagi ikkita bilakuzuk taqilgandi. Marhumni aniqlash uchun dafn marosimi xodimlari Stivga Tomasning jasadi fotosuratlarini yuborishdi.

"Biz bunday xatoga yo‘l qo‘yganimizdan afsusdamiz va marhumning yaqinlariga hamdardlik bildiramiz", dedi qariyalar uyi ma’muriyati vakili. Stiv otasi bilan xayrlashishga ulgurmasligidan juda afsusda ekanligini ta’kidlagan.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: o‘g‘lidan, koronavirusdan o‘lgan, odamning, Shifokorlar, suyunchi olishdi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя