Главная » 2018 » Январь » 31 » Shifokorlar kunduzgi uyqu va halokatli xastalik o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqladi
08:56

Shifokorlar kunduzgi uyqu va halokatli xastalik o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqladi


Kunduzgi vaqtda uyquchilikni boshdan kechiruvchi kishilar Alsgeymer xastaligiga chalinishga ko‘proq moyil. AQSh Vashington universiteti shifokorlari ana shunday xulosaga keldi, deb yozadiMedPage Today.

Tadqiqotda 189 kishi ishtirok etdi. Ularning o‘rtacha yoshi 66 yoshni tashkil etdi.

Olimlar ikki hafta davomida ko‘ngillilar biologik faolligini kuzatdi. Bundan tashqari, beta-amiloidlarni (Alsgeymer xastaligini keltirib chiqaruvchi peptidlar) aniqlash uchun magnit-rezonans tomografiya yordamida ularning bosh miyasi suratlari olindi.

Shifokorlar miya faoliyatini izdan chiqarishi mumkin bo‘lgan amiloid toshmalari bo‘lgan insonlar kechasi yomon uxlab, kunduzi uyquchanlikni boshdan kechirishini aniqladi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Salomatlik | | Теги: Shifokorlar, o‘rtasidagi, kunduzgi Uyqu, halokatli xastalik, bog‘liqlikni aniqladi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя