Главная » 2020 » Сентябрь » 13 » Shifokorlar onkologiyani chaqiruvchi mahsulotlarni ma’lum qilishdi
20:59

Shifokorlar onkologiyani chaqiruvchi mahsulotlarni ma’lum qilishdi


Mutaxassislar xavfli o‘smalar paydo bo‘lishiga olib keladigan oziq-ovqat mahsulotlarini sanab berishdi.

Bu borada go‘sht mahsulotlari yetakchi: kolbasa, sosiska, dudlangan go‘sht. Bunday mahsulotlarga yaroqlilik muddatini uzaytiruvchi va ta’mini yaxshilovchi kimyoviy moddalar qo‘shiladi. Natijada ichak, prostata va oshqozonosti bezi saratoni xavfini oshiruvchi kanserogenlar yuzaga keladi.

Parhezbop mahsulotlar deb ataluvchi yeguliklar ikkinchi o‘rinni egallashdi. Negaki, qand o‘rniga sun’iy shirin qiluvchi kimyoviy birikmalar ishlatiladi. Keyingi pog‘onada rafinadlangan qand turadi. U gazlangan shirin ichimliklar tarkibida bisyor bo‘lib, eng avvalo, ichakka zarba beradi.

Shuningdek, pishiriq va rafinadlangan yog‘ iste’molini kamaytirish lozim. Ular ko‘krak saratonini qo‘zg‘ashi mumkin. Bundan tashqari, shifokorlar losos xavfidan ham ogohlantirishadi. Negaki, ushbu baliq tarkibida pestitsid va antibiotiklar ko‘p.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Теги: onkologiyani, chaqiruvchi, ma’lum qilishdi, mahsulotlarni, Shifokorlar | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя