Главная » 2020 » Ноябрь » 19 » Shifoxonada 51 yil umr kechirgan bemor hayotdan ko‘z yumdi
20:38

Shifoxonada 51 yil umr kechirgan bemor hayotdan ko‘z yumdi


Braziliyada San-Paulu universiteti shifoxonasida 51 yil yashagan Paulu Enrike Machadu vafot etdi, deya xabar berdi G1 portali.

U 1967-yili dunyoga kelgan. Onasi tug‘ruq vaqtida olamdan o‘tgan. 1969-yilda esa Machadu shifoxonaga tushdi — u poliomiyelit bilan kasallanib qoldi. Bu o‘ta yuqumli kasallik bo‘lib, nerv tizimini zararlaydi va sanoqli soatlar ichida umumiy falajlanishga olib kelishi mumkin.

Og‘ir kasalligiga qaramay Machadu multfilm va o‘yinlarga qiziqib qoldi, ijtimoiy tarmoqlarni yuritdi va shifoxonada o‘rta maktabni tugatdi.

2009-yilda «Muzlik davri» multfilmi rejissyorlaridan biri Machaduni ziyorat qilgani shifoxonaga borgan.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Bemor, shifoxonada, hayotdan ko‘z yumdi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя