Главная » 2020 » Октябрь » 10 » Shimoliy koreyaliklar vatanparvarliklari sababli koronavirusga chalinmayapti — Kim Chen In
22:08

Shimoliy koreyaliklar vatanparvarliklari sababli koronavirusga chalinmayapti — Kim Chen In


KXDR rahbari Kim Chen In mamlakatda koronavirusga chalinganlar yo‘qligi uchun o‘z xalqiga minnatdorlik bildirib, infeksiyaga qarshi kurashayotgan qo‘shni Janubiy Koreyadagi «o‘rtoqlar»ga bardosh tiladi.

«Bir yoqadan» bosh chiqargan shimoliy koreyaliklar barcha mashaqqatlarga dosh berib, o‘zlarini va mamlakatni koronavirus balosidan himoya qila olishdi — KXDRda virus yo‘qligining siri shunda, deb hisoblamoqda Kim Chen In.

Eslatib o‘tamiz, bugun KXDRda Koreya mehnat partiyasi 75 yilligiga bag‘ishlangan tantanalar, parad bo‘lib o‘tgan. Mamlakat rahbari o‘z nutqida shimoliy koreya xalqining vatanparvarligi va ajoyib xususiyatlari bo‘lmaganida mamlakat bu dahshatli halokatni to‘xtatib qola olmasdi, deya ta’kidlagan.

«To‘g‘ri, biz hozircha boy yashamayapmiz, ammo oilalar ahil, hech bir inson virus balosiga doxil bo‘lmadi, hamma soppa-sog‘. Sizlardan qanchalik minnatdorligimni va bu menga qanchalik kuch berishini ta’riflashga so‘z ojiz», — dedi Kim Chen In.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Shimoliy koreyaliklar, Kim Chen In, vatanparvarliklari, chalinmayapti, koronavirusga | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя