Главная » 2018 » Январь » 12 » Shokoladli braun - desert tayorlashni unutib qo‘ymadingizmi?
20:39

Shokoladli braun - desert tayorlashni unutib qo‘ymadingizmi?


Zarur masalliqlar: 200 gr. shakar, 180 gr. qora shokolad, 150 gr. sariyog‘, 140 gr. un, 100 gr. yong‘oqmag‘zi, 3 dona tuxum, 10 gr. kakao, pichoq uchida xamiryumshatgich.

Tayyorlanishi: 1. Shokolad va sariyog‘ni maydalab to‘g‘rang-da, suv bug‘ida yaxshilab eriting.

2. Yong‘oq mag‘zini maydalang.

3. Tuxumni shakar bilan mikser yordamida yengil ko‘pirtiring. Shokoladli aralshma sovigach, ko‘piritilgan tuxumni qo‘shing.

4. Endi un, xamiryumshatgich va kakaoni solib, aralashtiring. Oxirida maydalangan yong‘oqni qo‘shasiz.

5. Aralashmani pishiriq qog‘ozi solingan qolipga quyib, ustini tekislang-da, 180 darajada qizdiridlgan gaz pechiga 30 daqiqaga qo‘ying. Pishgach sovitib, yuziga eritilgan shokoladdan quying.

1 soat

6 kishilik


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Ritseptlar | | Теги: Desert, Shokoladli braun | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя