Главная » 2020 » Декабрь » 27 » Shuhrat Abdurahmonov 10 daqiqada 81 marta «hurmatli prezident»ni ishlatdi
09:41

Shuhrat Abdurahmonov 10 daqiqada 81 marta «hurmatli prezident»ni ishlatdi


Prezident Shavkat Mirziyoyev 25 dekabr kuni «Yoshlar forumi»da bir nechta hokim bilan suhbatlashdi va viloyatlarda qilingan ishlar bo‘yicha hisobotlarni tingladi.

Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov «Yoshlar forumi»da davlat rahbariga murojaat qilayotib, 10 daqiqayu 21 soniya davomida 81 marta «hurmatli prezident» dedi. Ushbu so‘zlarni «Gazeta.uz» muxbiri hisoblab chiqqan.

U o‘rtacha har 7,6 sekundda bir marta shunday murojaat qildi.

Solishtirish uchun, Farg‘ona viloyati hokimi Xayrulla Bozorov xuddi shu tadbirda 12 daqiqa va 35 sekund davom etgan nutqi davomida ushbu so‘zlarni 22 marta talaffuz qilgan. Ya’ni har 34,3 sekundda bir marta «muhtaram prezident» deya murojaat qilgan.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: hurmatli, Shuhrat Abdurahmonov, Prezident, daqiqada | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2021 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя