Главная » 2020 » Апрель » 13 » Shuhrat Abdurahmonov noxush statistika keltirdi
11:17

Shuhrat Abdurahmonov noxush statistika keltirdi


Bugun Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov viloyat aholisiga murojaat qilgan.

Qayd etilishicha, hokimning murojaatida bir noxush statistika keltirilgan. Shuhrat Abdurahmonovning so‘zlariga ko‘ra, viloyat bo‘yicha koronavirusga chalingan 90 nafar bemorning 78 nafari tibbiyot xodimlari ekan.

Avvalroq Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozorov ham aholiga murojaat qilib, «Koronavirus yuqtirganlar oramizda yuribdi, ular kimlar, soni qancha, afsuski, biz bilmaymiz», degan edi.

Shuningdek, ertaga – 13-aprel soat 06:00 dan boshlab Namangan shahri va Uchqo‘rg‘on tumani, shu jumladan, Qayqi qishlog‘i hududida qat’iy cheklovlar joriy qilinishi ma'lum qilindi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Shuhrat Abdurahmonov, statistika, noxush | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя