Главная » 2020 » Сентябрь » 3 » Shvetsiyalik 29 yoshli qiz Disney malikalariga o‘xshash uchun 6 ta qovurg‘asini oldirib tashladi (foto)
22:48

Shvetsiyalik 29 yoshli qiz Disney malikalariga o‘xshash uchun 6 ta qovurg‘asini oldirib tashladi (foto)


29 yashar shvetsiyalik qiz tashqi ko‘rinishi Disney malikalariga o‘xshashi uchun 100 dan ortiq plastik jarrohlik amaliyotini boshdan kechirgan. Plastik operatsiyalardan birida uning 6 ta qovurg‘asi olib tashlangan.

Instagram’da o‘zini Piksi Foks deb atagan qiz, multfilm qahramonlariga o‘xshash uchun, shuningdek, rinoplastika qildirgan, tana o‘lchamlari, yuz va iyakni ham o‘zgartirgan. Ko‘z rangini och yashil tusga o‘zgartirish uchun esa Hindistonga borib operatsiya qildirgan. Plastik operatsiyalar uchun 136 200 dollardan ko‘proq mablag‘ sarflangan.

Avvaliga elektrchi bo‘lib ishlagan Foks, yigiti tashlab ketganidan keyin qalb jarohati sabab tashqi ko‘rinishi va hayotini butkul o‘zgartirishga qaror qilgan. Shundan keyin plastik jarrohlikka qiziqqan va Amerikaning Shimoliy Karolina shtatiga jo‘nab ketgan.

Piksining onasi qizi har safar yangi protseduradan so‘ng uyga qaytganini ko‘rib xafa bo‘ladi, opasi Lovisa esa singlisini aqldan ozgan deb hisoblaydi.

2019-yilning so‘ngida Foks tomonidan Instagram’ga joylangan so‘nggi postda u turk jarrohi tomonidan o‘tkazilgan plastik jarrohlik amaliyotidan keyin bosh miyada asorat yuzaga kelgani va shundan keyin o‘ziga kelishi uchun 1 yil vaqt ketganini yozib, shifokorni ayblagan.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Qiziqarli | | Теги: malikalariga, Shvetsiyalik, qovurg‘asini, (Foto), oldirib tashladi, Disney, o‘xshash uchun, Qiz | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя