Главная » 2017 » Июль » 30 » Shveysariyada O‘zbekistonning Gulnora Karimova ishi bo‘yicha murojaati o‘rganilmoqda
08:14

Shveysariyada O‘zbekistonning Gulnora Karimova ishi bo‘yicha murojaati o‘rganilmoqda


Shveysariya Bosh prokraturasida Gulnora Karimova ishi yuzasidan O‘zbpekistonning murojaati o‘rganilayotgani haqida xabar berildi.

Shveysariya Bosh prokuraturasi O‘zbekiston Respublikasidan o‘zaro huquqiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha murojaat kelib tushganini tasdiqladi.

Shveysariya Bosh prokuraturasi tomonidan 2012 yilda Gulnora Karimova va yana besh nafar shaxsga nisbatan korrupsion qonunbuzarlik aybi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan edi.

Shveysariya Bosh prokuraturasi tomonidan mazkur jinoyat ishi ochilganida 19 mamlakatdan huquqiy hamkorlik ko‘rsatishda yordam so‘rab murojaat qilingan.

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Gulnora Karimova jinoiy ishi bo‘yicha to‘liq rasmiy ma’lumoti berilgan edi.

Zohirshoh Jo‘raev


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Gulnora Karimova, Shveysariya, o‘rganilmoqda, ishi bo‘yicha, murojaati, O‘zbekiston | Рейтинг: 2.0/1

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя