Главная » 2020 » Март » 11 » Si Szinpin: Koronavirus deyarli to‘xtatildi
21:23

Si Szinpin: Koronavirus deyarli to‘xtatildi


Xitoy Xalq Respublikasi rahbari Si Szinpin koronavirus epidemiyasi mamlakatda deyarli to‘xtaganini ma’lum qildi. U bu haqda epidemiya boshlangandan beri birinchi bora Uxan shahriga tashrif buyurganida aytib o‘tdi.

"Koronavirusning tarqalishi deyarli to‘xtadi", dedi XXR rahbari.

Xitoy rahbari o‘n kun ichida qurilgan shifoxonaga tashrif buyurdi. Ba’zi bemorlar va shifokorlar bilan videokonferensiya orqali suhbatlashdi va tumanlardan birida yashovchilar bilan uchrashdi.

+Ma’lumot uchun, yanvar oyi oxirida Xubey provinsiyasi deyarli butunlay izolyatsiya qilindi. U yerga kiruvchi va chiquvchi yer xamda havo yo‘llar berkitildi.
 

Hozirgacha Xitoyda 80 785 ta koronavirus bilan bog‘liq holat aniqlangan. Ularning 3 158 tasi o‘lim bilan tugagan. Mamlakatda 61 503 nafar odam bu kasallikdan shifo topgan.

Eslatib o‘tamiz, birinchi marta koronavirusning yangi turi 2019 yil 12 dekabr kuni Xitoyning Xubey viloyati, Uxan shahrida aniqlandi va qisqa vaqt ichida boshqa shahar va mamlakatlarga tarqaldi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirusning tarqalishini xalqaro tashvishli favqulodda holat deb tan oldi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 119 378 nafarga yetgan. Bu kasallik tufayli 4300 dan ortiq odam vafot etgan. Bemorlarning 5 747 nafarini ahvoli og‘ir deb aytilmoqda. Shu kungacha kasallik yuqtirganlarning 66 583 nafari bu virusdan tuzalib ketgan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя