Главная » 2020 » Октябрь » 14 » Si Szinpin O‘zbekistonga keladi
21:26

Si Szinpin O‘zbekistonga keladi


Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin O‘zbekistonga davlat tashrifini amalga oshiradi. Hozirda ushbu tashrifga tayyorgarlik ishlari olib borilyapti. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy hamda Koreya Respublikasi bilan hamkorlikdagi savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va gumanitar loyihalar ijrosini ko‘zdan kechirish uchun o‘tkazilgan yig‘ilishda ma’lum qilindi.

“Xitoy bilan ham aloqalar izchil rivojlanmoqda. Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning mamlakatimizga bo‘lajak davlat tashrifiga puxta tayyorgarlik ko‘rilmoqda”, deyiladi Prezident Matbuot xizmati xabarida.

Qayd etilishicha, shu yilning 8 oyi davomida O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasidagi savdo aylanmasi hajmi 4 milliard dollarga, Janubiy Koreya bilan 1,4 milliard dollarga yetdi.

Ammo bu yil ayrim sohalarda eksport ko‘rsatkichlari pasaygan. Jumladan, Xitoyga o‘tgan sakkiz oyda to‘qimachilik sohasida 42,3 foizga, kimyo va neft-kimyo sanoatida 33,1 foizga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetkazib berishda 18,1 foizga kamaygan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Si Szinpin, O‘zbekistonga, keladi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя