Главная » 2020 » Октябрь » 15 » Si Szinpin xitoylik askarlarni urushga shay bo‘lishga chaqirdi
13:09

Si Szinpin xitoylik askarlarni urushga shay bo‘lishga chaqirdi


Xitoylik askarlar butun ruhiyati v energiyasini bo‘lg‘usi urushga tayyorlanishga sarflashi kerak. Xitoy raisi Si Szinpin Guandun provinsiyasidagi harbiy bazada bo‘lib, shunday fikr bildirdi. Bu haqda “Sinxua” xabar berdi.

Si Szinpin Chaochjou shahridagi Xitoy Xalq ozodlik armiyasi dengiz piyoda qo‘shinlari holatini tekshirayotganda harbiylarga murojaat qilib, ularni yuqori hushyorlik holatini saqlashga chaqirdi. U shuningdek, ulardan mutlaq sadoqat, ishonchlilik va benuqsonlikni talab qildi. Shu bilan birga, Xitoy rahbari Dengiz piyodalari korpusi – bu Xitoyning milliy suvereniteti, xavfsizligi, hududiy yaxlitligi va manfaatlarini himoya qilish uchun mo‘ljallangan elita bo‘linmasi ekanligini eslatdi.

CNN`ning aniqlik kiritishicha, Si Szinpinning Guandun viloyatiga tashrifidan asosiy maqsadi Shenchjen maxsus iqtisodiy zonasi tashkil etilganining 40 yilligi munosabati bilan tashkil qilingan marosimda ishtirok etish bo‘lgan. 

Qayd etish kerakkki, hozirda Xitoy va AQSH munosabatlarida koronavirus pandemiyasi va Tayvan oroli sabab haddan tashqari keskinlik saqlanib turibdi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: askarlarni, Shay, chaqirdi, Si Szinpin, urushga, Xitoylik, bo‘lishga | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя