Главная » 2018 » Май » 3 » Sigaretning hukmi qanday? Dinimiz nima deydi…
18:14

Sigaretning hukmi qanday? Dinimiz nima deydi…


Savol:

– Assalomu alaykum. Agar kishi namoz o‘qib, tamaki yoki nos kabilarni chekib yursa, namozi qabul bo‘ladimi? Qiz bola namoz o‘qisayu lekin hijob kiymasachi, uning o‘qib yurgan namozlari nima bo‘ladi?

 

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
– Aroqning haromligi qadimdan Qur’on va Sunnatda sobitdir. Popirisning haromligi oxirgi paytda ulamolarning fatvosi orqali bo‘ldi. Ikkisining orasidagi farq shunda. -Siz keltirgan misollardagi kishilarning namozi qabul bo‘lmaydi deya olmaymiz. Chunki namozni siz bilan men emas Allohning O‘zi qabul qiladi. Bandalar amallariga qarab savob yoki gunohga sazovor bo‘laveradilar. Namoz o‘qigani uchun bu farzni u ado etgan bo‘ladi. Boshqa bir gunoh ishni qilsa, gunohi yoziladi. Hammasiga o‘zi javob beradi. Ammo bu uning gunoh qilishga ruxsat degani emas.-Albatta, namoz o‘qigan odam barcha gunohlardan chetlanishiga umidvorlik bor.


Manba: "islom.uz"
Категория: Fikr Mulohaza | | Теги: hukmi qanday, nima deydi, sigaret, dinimiz | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя