Главная » 2020 » Февраль » 18 » Singapur koronavirus bilan kurashish uchun $4.6 mlrd mablag‘ ajratdi
21:20

Singapur koronavirus bilan kurashish uchun $4.6 mlrd mablag‘ ajratdi


18 fevral, seshanba kuni Singapur mamlakat iqtisodiyotiga zararli ta’sir ko‘rsatgan koronavirus xavfi bilan kurashish uchun 4,6 milliard AQSh dollari hajmidagi moliyaviy paketni taqdim etdi.

Butunjahon moliya markazlaridan biri bo‘lgan davlatda koronavirus bilan bog‘liq 77 ta holat qayd etilgan. Bu Xitoyning quruqlik qismi (72 439), Diamond Princes kemasidan (454) keyingi eng ko‘p koronavirus holati qayd etilgan nuqta bo‘ldi.

Xitoy bilan yaqin aloqada bo‘lgan ochiq iqtisodiyotli Singapurda koronavirus ham turizm ham savdoga jiddiy xavf solmoqda.

Singapur moliya vaziri Heng Su Kit koronavirusga qarshi kurash uchun mamlakat byudjetidan 6,4 mlrd Singapur dollari (4,6 mlrd AQSh dollari) miqdorida moliyaviy paket ajratilishini ma’lum qildi. Vazir, shuningdek, ushbu mablag‘ virus tarqalishining oldini olishiga umid qilishini qo‘shimcha qildi.

“Virus tarqalishining davomiyligi va jiddiyligi hamda uning global iqtisodiyotga ta’siri haligacha noma’lum”, — dedi u.

Ushbu mablag‘ virusdan eng ko‘p zarar ko‘radigan shirkatlar va oilalar, jumladan aviatsiya, turizm, chakana savdodagi firmalarga yordam puli sifatida beriladi.

Shuningdek, virusdan zarar ko‘rgan oilalarga oziq-ovqat vaucherlari va bir qismi pul sifatida yordam pullari beriladi.

800 million Singapur dollari miqdoridagi pul to‘g‘ridan to‘g‘ri virusga qarshi kurash uchun ajratilgan.


Manba: "sof.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя