Главная » 2020 » Сентябрь » 12 » Singapurlik olimlar koronavirus bilan bog‘liq yangi ixtironi taqdim etdi
18:32

Singapurlik olimlar koronavirus bilan bog‘liq yangi ixtironi taqdim etdi


Singapurdagi Materialshunoslik va muhandislik instituti olimlari koronavirus alomatlarini qayd etib boruvchi maxsus datchiklar tizimini ishlab chiqishdi. Uni istalgan turdagi niqobga o‘rnatish mumkin. Bu haqda "The Straits Times" xabar berdi.

Ushbu “monitoring tizimi” datchiklari tana harorati, qonning kislorod bilan to‘yinganlik darajasi (saturatsiya), arterial bosim hamda yurak urishini kuzatib boradi. To‘plangan ma’lumotlar asosida foydalanuvchi koronavirusga chalingan-chalinmaganini bilib oladi.

Tizim polimer material bilan qoplangan sensorlardan iborat — ular odatda bolalar uchun o‘yinchoqlar yasashda qo‘llaniladi. Datchiklar o‘rnatiluvchi materallar egiluvchan va suv o‘tkazmaydi. Tizimda ma’lumotlarni real vaqt tartibida smartfondagi ilovaga uzatib turuvchi Bluetooth qurilma ham o‘rnatilgan.

Tizimni istalgan turdagi (bir martalik va ko‘p martalik) niqobga o‘rnatsa bo‘ladi, chiplarni istalgan paytda yechib olib, niqobni yuvib qayta foydalanish mumkin.

Sentyabr oyi oxirlarida tizim klinik sinovlardan o‘tkaziladi, sinov yaxshi o‘tsa, uni tijoriy foydalanishga chiqarish rejalashtirilgan. Niqob narxi 50 dollar, agar u keng ommaga taqdim etilsa, narxi 20 dollarga tushishi mumkin.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: olimlar, ixtironi, Yangi, Singapurlik, taqdim etdi, Koronavirus | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя