Главная » 2020 » Апрель » 8 » Singlisiga zo‘ravonlik qilgan o‘gay aka javobgarlikka tortildi
09:50

Singlisiga zo‘ravonlik qilgan o‘gay aka javobgarlikka tortildi


Navoiy viloyatida ojizalarga o‘z kuchini ko‘rsatgan «mushtumzo‘r»lar javobgarlikka tortildi.

Karmana tuman tibbiyot birlashmasi hamshirasi Karmana tuman IIBga telefon orqali murojaat etib, 1999 yil tug‘ilgan, Karmana tumani, «Farhod» MFYda istiqomat qiluvchi K.L. ism-familiyadagi qizning tan jarohati olgan holda shifoxonaga yotqizilganligini ma’lum qilgan.

Tuman IIB HPBning olib borgan surishtiruv natijalariga ko‘ra, K.L. birga yashovchi 1989 yilda tug‘ilgan o‘gay akasi Sh.B. tomonidan kaltaklangan bo‘lib, Sh.B. o‘zaro oilaviy kelishmovchiliklar natijasida bir necha bor zo‘ravonlik va tazyiqlar o‘tkazib kelgan. Tuman IIB tomonidan Sh.B. O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 52-moddasiga asosan javobgarlikka tortildi.

Uchquduq tumani, «O‘zbekiston» ko‘chasida yashovchi 1988 yil tug‘ilgan fuqaro A.Yu. tuman IIBga ariza bilan murojaat etib, birga yashovchi turmush o‘rtog‘i, 1982 yil tug‘ilgan Z.D. tomonidan o‘zaro oilaviy kelishmovchilik natijasida murosaga kela olmayotganligini, turli va’jlar bilan kaltaklanib, tan jarohati olganligini ma’lum qilgan.

Uchquduq tumani IIB HPB o‘rganishlari natijasida, Z.D. aybdor deb topilib, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 52-moddasiga binoan javobgarlikka tortilgan.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя