Главная » 2021 » Март » 21 » Sirdaryoda dahshatli qotillik: otasiz o‘sgan, onasining yolg‘iz farzandi bo‘lgan 18 yoshli yigitni vahshiylarcha o‘ldirishdi
20:54

Sirdaryoda dahshatli qotillik: otasiz o‘sgan, onasining yolg‘iz farzandi bo‘lgan 18 yoshli yigitni vahshiylarcha o‘ldirishdi


Sirdaryoda dahshatli qotillik jinoyati sodir etildi: Otasiz o‘sgan, onasining yolg‘iz farzandi bo‘lgan 18 yoshli yigitning tanasiga qarindoshi tomonidan o‘n marotaba pichoq urildi. Bu haqda «Sirdaryo Xabarlari»ga bugun, 21-mart kuni ismini sir saqlanishini so‘rab, marhumning tanishlaridan biri tomonidan xabar berildi.

"Bundan 2-3 kun avval kunduzi, onasining yolg‘iz farzandi bo‘lgan (marhumning otasiz o‘sganligi aytiladi), dinu diyonatli (marhumning namozxon ekanligi aytiladi), ukamiz 18 yoshli M. (marhumning ismi aytiladi) dahshatli qotillik qurboni bo‘ldi. Aytishlaricha qotil begona bo‘lmagan, M.ning yaqin qarindoshi bo‘lgan (marhumning qotilga qanday qarindosh ekanligi aytilmadi).

Mahallada har kim o‘z taxminlarini aytishmoqda: qotil M.ning uyiga o‘g‘rilikka kirganmi yoki mehmon sifatida kelganmi, o‘rtalarida qandaydir oldi-berdi bo‘lganmi, bu haqda aniq biron bir gap aytaolmayman. Dahshatlisi shundaki, M.ning tanasiga 8 yoki 10, 12 marotaba pichoq urilgan va u shifoxonada vafot etgan. Endi o‘zingiz tasavvur qilavering, yolg‘iz farzandidan bevaqt judo bo‘lgan onaizorning holatini esa so‘z bilan ifodalab bo‘lmaydi", — deyiladi xabarda.

«Sirdaryo Xabarlari» mazkur xabar yuzasidan viloyat prokuraturasi bilan bog‘landi va hodisa prokuratura tomonidan tasdiqlandi.

Prokuratura xabariga ko‘ra, Guliston shahar "Yangi hayot" mahallasida yashovchi fuqaro X.M. joriy yilning 18-mart kuni soat 14:40larda o‘zganing pul mablag‘larini qo‘lga kiritish maqsadida, qarindoshi bo‘la (xolavachcha)si Guliston shahar "Navbahor" mahallasida yashovchi fuqaro I.M.ning uyiga boradi va pichoq bilan badaniga o‘n marotaba urib — qasddan o‘ldirgan.

"Hozirda Sirdaryo viloyat prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda", — deyiladi xabarda.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: dahshatli, Otasiz, vahshiylarcha, qotillik, o‘ldirishdi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя