Главная » 2021 » Февраль » 7 » Sirdaryoda “layk” yig‘ish uchun IIB xodimi kiyimida raqsga tushgan yigit qamaldi
10:12

Sirdaryoda “layk” yig‘ish uchun IIB xodimi kiyimida raqsga tushgan yigit qamaldi


Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanida ichki ishlar xodimining xizmat kiyimini kiyib, raqs tushgan yigit va uni videoga tushirgan bola qo‘lga olingan. Bu haqda Zamon informatsion dasturida ma’lum qilindi.

Xabar berilishicha, Mirzaobod tumanining “Bog‘iston” mahallasida 1995 yilda tug‘ilgan, avtomobillarni yuvish bilan shug‘ullanuvchi Hasan Do‘stov ichki ishlar xodimlarining xizmat kiyimini kiyib jamoat joyida yurish-turish va odob-axloq qoidasini buzgan xolda tanishi, voyaga yetmagan Diyorbek bilan raqs tushganini tasvirga olgan va uni ijtimoiy tarmoqlarga joylagan.

Keyinchalik, ushbu fuqarolarning shaxsi aniqlangan. Hasan Do‘stovga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 183-moddasi (mayda bezorilik) hamda 209-1-moddasi (xizmat kiyimini ruxsatsiz belgilanmagan tartibda kiyish) bilan ayblov e’lon qilingan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzaobod tumani sudida ochiq sud majlisi bo‘lib o‘tgan. Sud hukmiga ko‘ra, Hasan Do‘stovga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 34-moddasiga asosan 8 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Uni videoga tushirgan, voyaga yetmagan Diyorbekning ishi Mirzaobod tumani hokimligi huzuridagi voyaga yetmaganlar bilan ishlash komissiyasida ko‘rib chiqiladi.

“Maqsadimiz layk yig‘ish edi. Qilgan ishimdan pushaymonman”, deydi Diyorbek.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: raqsga, Yigit, Sirdaryoda, qamaldi, layk, IIB xodimi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя