Главная » 2021 » Июнь » 1 » Sirdaryoda ona va bola vahshiylarcha o‘ldirilib, yoqib yuborilgani aytilmoqda
16:56

Sirdaryoda ona va bola vahshiylarcha o‘ldirilib, yoqib yuborilgani aytilmoqda


Sirdaryoda chamasi 30 yoshlardagi erkak o‘ziga yashash uchun uyidan joy bergan qarindoshlari bo‘lgan ona va bolani vahshiylarcha o‘ldirib, molxonada jasadlarini yoqib yuborganligi aytilmoqda. Bu haqda «Sirdaryo Xabarlari» xabar tarqatdi.

Qayd etilishicha, Boyovut tumanida 30 yoshlardagi erkak bugun 1 iyun kuni erta tongda xolasining o‘g‘li — 30 yoshlardagi bo‘lasi va 60 yoshlardagi xolasini vahshiylarcha o‘ldirgan va jasadlarni molxonaga olib borib, yoqib yuborgan. 

Mazkur mahallada yashovchi fuqarolardan birining ma’lum qilishicha, qotillikda gumonlanayotgan fuqaroga uning qurboni bo‘lgan xolasi o‘zi yashab turgan uyidan joy bergan.

«Erta tong bilan «pojarniy» xodimlari kelib, molxonadagi (qotillik sodir bo‘lgan hovlidagi) yong‘inni o‘chirishdi. Keyin boshqalari (boshqa huquqni muhofaza qiluvchi xodimlar) kelishib, hovlini o‘rab olishdi. Shuning uchun molxona va hovlidagi yong‘in suratlarini olishni imkoni bo‘lmadi», — deydi mahalla fuqarolaridan biri.

Mazkur qotillik bilan bog‘liq xabarlar yuzasidan hali rasmiy ma’lumot berilmadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sirdaryodagi dalalardan birida 100 foiz kuyib ketgan jasad topilgandi. Ma’lum vaqt o‘tib, Bosh prokuratura daladan topilgan murda bo‘yicha bayonot bergandi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: o‘ldirilib, yoqib, Sirdaryoda, Ona va bola, vahshiylarcha | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя