Главная » 2020 » Ноябрь » 10 » Sirdaryoda yosh kelin-kuyov is gazidan vafot etdi
15:10

Sirdaryoda yosh kelin-kuyov is gazidan vafot etdi


Bu haqda Sirdaryo viloyat prokuraturasiga tayanib «Sirdaryo Xabarlari»ga xabar berdi.

«Boyovut tumani ichki ishlar bo‘limi navbatchilik qismining 2020-yil 6-noyabr kuni soat 13:35larda bergan xabariga ko‘ra, Boyovut tumani, «Qaropchi» mahallasida yashovchi fuqarolar 1995-yilda tug‘ilgan Sh.M. hamda uning turmush o‘rtog‘i 1999-yilda tug‘ilgan D.M. qo‘lbola usulda yasalgan pechdan chiqqan iz gazidan kuchli zaharlanib, yashash xonadonida vafot etgan.

Sudga oid tibbiyot ekspertizasining dastlabki ma’lumotiga ko‘ra, Sh.M. va D.M.larning o‘limi is gazidan zaharlanish oqibatida kelib chiqqanligi qayd etilgan.

Mazkur holat yuzasidan Boyovut tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda», – deyiladi xabarda.

Vafot etganlarning turmush qurishganiga hali bir oy ham bo‘lmaganligi, yosh kelin-kuyov ekanliklari aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqandda is gazidan yosh er-xotin vafot etgandi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Sirdaryoda, KELIN-KUYOV, Yosh, is gazidan, vafot etdi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя