Главная » 2021 » Июнь » 16 » Sirdaryodagi «madhiya voqeasi» ishtirokchilaridan biri lavozimidan ketdi
16:58

Sirdaryodagi «madhiya voqeasi» ishtirokchilaridan biri lavozimidan ketdi


Shu yilning 9-may kuni Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Sirdaryo viloyatida o‘tkazilgan tadbirlarda sodir bo‘lgan voqea butun dunyoga mashhur bo‘lib ketgandi.

Viloyatning harbiy bloki rahbarlari (DXX, prokuratura, IIB va bojxona xizmatlarining hududiy rahbarlari) madhiya vaqtida qanday jest ko‘rsatishni bilmay shoshib qolishgani videoda muhrlangan va internetda juda tez tarqalgandi.

Ushbu hodisa ishtirokchilaridan biri — Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘i Shavkat  Mavlonov lavozimidan ketgani bugun ma’lum bo‘ldi.

Ikki yil avval ushbu vazifani egallagan Shavkat Mavlonovning qayerga ishga o‘tgani haqida rasmiy ma’lumot mavjud emas.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: lavozimidan ketdi, ishtirokchilaridan, Sirdaryodagi, madhiya | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя