Главная » 2017 » Февраль » 15 » Sirdaryolik fuqaroning uyidan 800 dollar va 12 million so‘m o‘g‘irlab ketildi
11:15

Sirdaryolik fuqaroning uyidan 800 dollar va 12 million so‘m o‘g‘irlab ketildi


Sirdaryo viloyati Oqoltin tumani IIBga pensioner ariza bilan murojaat qilib, kechasi noma’lum shaxslar uyiga kirib, mehmonxonasidan 800 AQSh dollari, o‘n ikki million so‘m puli va uch turdagi sariq metalldan yasalgan uzuklarini o‘g‘irlab ketishganini ma’lum qilgan. Ushbu holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ichki ishlar xodimlari tomonidan jabrlanuvchi va guvohlar bilan surishtiruv ishlari olib borildi. Tergov harakatlari va tezkor-qidiruv tadbirlari jarayonida o‘g‘irlikni shu tumanda yashovchi 26 yoshli yigit uy qulfini buzish yo‘li bilan ochib kirib, sodir etganligi aniqlandi va qo‘lga olindi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: 12 million so‘m, Dollar, o‘g‘irlab ketildi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя