Главная » 2017 » Июль » 4 » Sitora Alimjonova Facebook’da tanishgan yigitga turmushga chiqmoqda
17:23

Sitora Alimjonova Facebook’da tanishgan yigitga turmushga chiqmoqda


Aktrisa Sitora Alimjonova 8 avgust kuni turmushga chiqadi. Aktrisaning saytimizga bergan ma’lumotlariga ko‘ra, to‘y Tailandning Pxuket orolida, oilasi, yaqin do‘stlari davrasida bo‘lib o‘tadi.

Ha, aktrisa bo‘lib o‘tadigan to‘y marosimidan qanchalik xursandligini uning kayfiyatidan sezish mumkin. Axir, u sevgan insoniga turmushga chiqyapti. Uning so‘zlariga ko‘ra, bo‘lajak turmush o‘rtog‘i bilan Sitora Alimjonova Facebook’da tanishgan.

Shuningdek, Sitora Alimjonova “Qora muhabbat” (“Kara sevda”) seriali bosh qahramonlari Neslixan Atagyul va Burak Ozchivit bilan bo‘lib o‘tgan to‘y marosimidan ta’sirlanib, o‘zi ham Neslixan Atagyulning libosi kabi kelin-ko‘ylak tiktirishga buyurtma berganini aytdi.

27 yoshli tadbirkor bilan qurajak yangi hayoti aktrisaga baxt va quvonch olib kelishiga tilakdoshmiz. Saytimiz nomidan Sitora Alimjonovani tabriklab qolamiz.

Nigina Hakimova


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: turmushga chiqmoqda, tanishgan yigit, Sitora Alimjonova, Facebook | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя