Главная » 2020 » Январь » 9 » Sizning ham hayotingizda “energetik vampir” bor. Ulardan qanday qutulasiz?
22:41

Sizning ham hayotingizda “energetik vampir” bor. Ulardan qanday qutulasiz?


Ba’zi odamlar atrofidagilarning hayotini o‘z maqsadlari yo‘lida barbod qiladi. Ularning tuzog‘iga tushib qolmaslik uchun nima qilish kerak?

Energetik vampir kim?

Zamonaviy vampirlarning mistikaga sira aloqasi yo‘q. Bu sizning hissiyotlaringizdan o‘z maqsadlarida foydalanuvchi odamlardir. Ularning metodlari mohirona tuziladiki, siz ular vampir ekanini sezmay qolasiz. 

Ularni qanday tanib olish mumkin?

Energetik vampirni tanib olishning bir qancha yo‘llari bor. Agar quyidagi belgilardan bittasini yaqinlaringizda borligini sezsangiz, u bilan do‘stlikni uzishga shoshilmang. Ammo 3 yoki undan ortig‘ini ko‘rsangiz, chora ko‘rishingiz mumkin.

1. Rahmimizni keltirishga urinadi

Eng ko‘p ko‘zga ko‘rinadigan va xavfli bo‘lgan tuzoq. Biz unga achinishni boshlaganimizda, uning qopqoniga qanday tushib qolganimizni bilmaymiz.  U doim   nolishga va afsuslanishga vaj topadi.
Unga mehr-shafqat ko‘rsatgach, o‘zimizni qahramondek his qilamiz. Ammo bora-bora unga haddan ortiq e’tibor berishni boshlaymiz, uning nolishlari esa aql bovar qilmaydigan darajaga yetadi. Shikoyatlari qat’iyroq va xavfliroq bo‘lib boradi.

2. O‘zining baxtsizligida atrofdagi barchani aybdor deb hisoblaydi

Vampirlarning hayotida nuqul yovuz odamlar uchraydi: ona bemehr bo‘ladi, xotini qadrlamaydi, do‘stlari faqat pul uchun uning yonida, bolalari landovur, boshlig‘i esa ahmoq. Bunday odamlarning baxtsizligiga o‘zlaridan boshqa hamma aybdor.  Agar sal noto‘g‘ri gap aytib qo‘ysangiz, siz ham uning dushmaniga aylanasiz. Vampir do‘stlari va yaqinlarida doim aybdorlik hissini uyg‘otadi. Agar kimnidir eslaganda nuqul  o‘zingizni aybdor hisoblayversangiz, demak u odamning energetik vampir ekanining ehtimoli katta.

3. Urush chiqaradi

Salbiy e’tibor ham baribir e’tibor hisoblanadi. Energetik vampir bu qoidadan bajonidil foydalanadi. Urush chiqarish, sal narsaga hafa bo‘lish, arzimagan narsa sabab ham hammasiga qo‘l siltash – energetik vampirga xos bo‘lgan jihatlar.

4. Fitna va g‘iybatlarni yaxshi ko‘radi

Vampirga istalgan kompaniyada g‘iybat tarqatish, fitna uyushtirish va odamlarni urishtirib qo‘yish yoqadi. Odamlarning rahmini keltirib, ularning ishonchiga kirib olgach, ularning nozik tomonini bilib oladi va vaqti kelganda uzun tashlab qo‘yilgan arqonni shunaqangi tortadiki, buning oqibatida juda ko‘p odam zarar ko‘radi. Ular eng ahil jamoaga ham nifoq solishga qodir bo‘ladi.

Energetik vampirlardan o‘zimizni qanday himoya qilishimiz kerak?

• “Yo‘q” deyishni o‘rganing
O‘zingiz xohlamagan ishni taklif qilishganda muloyim tarzda rad etishni o‘rganing.

• Shaxsiy hududingizda chegara o‘rnating
Siz endi voyaga yetgan insonsiz. Hech kim sizga yomon xarakteringiz borligini aytishga yoki o‘zingiz xohlamagan ishga majbur qilishga haqli emas.

• G‘iybatlarga ishonmang
Garchi eshitayotgan gaplaringiz haqiqatga yaqin bo‘lib tuyulsa ham, o‘ylab ko‘ring: Nega bu odam kelib sizga kimnidir yomonlayapti? Unga bundan nima foyda? G‘iybat qilayotgan odami bilan sizni urishtirib qo‘yishi unga nima beradi?

• O‘zingizga suyaning
Albatta, yaqinlaringizga suyanib, ulardan yordam olish yaxshi. Ammo har ehtimolga qarshi qo‘shimcha rejangiz ham bo‘lsin. 


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя