Главная » 2020 » Январь » 6 » Smartfon ham zararli: Gadjetlarning inson hayotini buzuvchi 8 ta’siri
08:13

Smartfon ham zararli: Gadjetlarning inson hayotini buzuvchi 8 ta’siri


Deyarli har bir zamonaviy texnologiyaning zararli tomoni bor. To‘g‘ri, smartfon hozirgi zamonaviy hayotda inson hayotini qulaylashtirdi. Ammo shu bilan birga odam hayotini buzdi ham. 
Qizig‘i, ularning bu zararini ko‘pchilik sezmaydi. Quyida smartfonning ko‘rinishidan bezarar, ammo zararli xususiyatlari haqida ma`lumot beramiz.

SMS va bildirishlarni juda ko‘p tekshirish

SMS va bildirishlarni hadeb tekshiraverish insonning diqqatni jamlash xususiyatini izdan chiqaradi. Bu esa insonni chalg‘itib, ish sifatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Shu sabab, mutaxassislar ijtimoiy tarmoqdagi muhim bildirishlardan tashqari qolgan SMS va bildirishlarni o‘chirib qo‘yishni tavsiya etishadi.

Barchani qoyil qoldirishga urinish

Zamonaviy smartfonlarning qulayliklaridan biri bu ulardagi sifatli kameradir. Sifatli kamera o‘z sohibini har qayerda rasm olishga “majbur qiladi”. 
Yoqimli lahzalardan lazzatlanish o‘rniga foydalanuvchi gadjetiga “yopishish” bilan ovora bo‘ladi. Bu esa hayotni haqiqiy his qilishga to‘sqinlik qiladi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi hayot

Ijtimoiy tarmoq bu alohida mavzu. Smartfon bu mavzuga “kirishni” qulaylashtirdi. Masalan, oddiygina Facebook’ga kirish uchun kompyuter yoqish endi shart emas. Qo‘lingizga smartfonni olishning o‘zi kifoya. 
Bunday qulaylik insonning o‘z shaxsiy hayotidan ham ko‘ra, birovlarning hayotiga qiziqib ketishiga sabab bo‘ladi.

Real muloqot qilishdan chetga chiqish

Odamlar o‘zaro muloqot qilish o‘rniga smartfonini titkilash bilan vaqt o‘tkazadi. Ayniqsa, bu borada ijtimoiy tarmoqdagi muloqotga kirishish va onlayn suhbatlar ustunlik qiladi. Bu esa real muloqotdan chetlashishga va jamiyatga kirishib ketishga to‘sqinlik qiladi.

Yolg‘izlikdan qochish

Zamonaviy inson smartfonni ko‘p yuzli suhbatdosh sifatida qabul qiladi. Negaki, smartfon doim yonimizda bo‘ladi va yolg‘izlik hissi biroz bo‘lsada yo‘qolganday bo‘ladi. Chunki narigi smartfonda siz bilan gaplashadigan inson topiladi. 
Biroq yolg‘izlik har doim ham yomon emas. Insonning ba’zida yolg‘izlikda qolishi foydali – bu insonning shaxsiy hayoti haqida fikr qilishiga, mavjud muammolarni ko‘rishga sabab bo‘ladi.    

Dasturdan dasturga “sakrash”

Foydalanuvchi smartfondagi dasturlar bo‘ylab “sayr qila turib”, ularning tuzog‘iga osongina tushib qoladi. Foydalanuvchi smartfoniga bugungi ob-havoni bilish uchungina kiradiyu, undan yangiliklar tasmasiga, ijtimoiy sahifaga o‘tib ketadi. Mutaxassislar smartfondan muayyan topshiriqlarni bajarish uchun foydalanishni tavsiya etishadi.

Kechasi bilan smartfondan foydalanish

Texnologiyalar asrida yashasak ham, bizning tanamiz bunga to‘liq moslashib ulgurmagan. Odam organizmi quyosh nurlari tushgan vaqtda ya’ni kunduzi uyg‘onishga, ishlashga moslashgan. Smartfondan tarqaluvchi ko‘k rang kunduzgi nurga o‘xshashi sabab bosh miyani chalg‘itib qo‘yadi. Oqibatda u kechasi bilan ishlashga majbur bo‘ladi. Aslida, miya bunaqa vaqt uyquga ketishi kerak. 
Kechasi bilan smartfon ishlatish organizmning biologik soatini oldinga suradi va uyqu sifati buziladi. Mutaxassislar uxlashga yotishdan 2-3 soat oldin telefondan foydalanishni bas qilishni tavsiya etishadi.

Hayratlanish hissi yo‘qoladi

Smartfonlar sabab inson bilimlar olamiga osongina kira oladi. Shu sabab zamonaviy inson ko‘rgan va bilgan yangi narsalaridan hayratlanish xususiyatini sekin-asta yo‘qotib boradi. Chunki bu yangilikni u allaqachon telefonida ko‘rib bo‘lgan. 
Hayratning yo‘qolishi esa rang-baranglikni yo‘qotadi. Insonning ijod qilish va tasavvur qilish qobiliyati “o‘tmaslashadi”. Shu sabab, ijodga moyil va ish faoliyati shu bog‘liq insonlar smartfoniga imkon qadar kamroq e’tibor berishni tavsiya etishadi.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя