Главная » 2020 » Июль » 7 » Smartfondan zudlik bilan o‘chirib tashlash kerak bo‘lgan xavfli ilovalar nomi e’lon qilindi
08:56

Smartfondan zudlik bilan o‘chirib tashlash kerak bo‘lgan xavfli ilovalar nomi e’lon qilindi


Google Play’da joylashgan minglab mobil ilovalar foydalanuvchilar hayotini osonlashtirishga mo‘ljallangan, biroq ular orasida potensial qurbonlar hisobiga yashash maqsadida yaratilgan dasturlar ham mavjud. Google muntazam ravishda zararli dasturlarni o‘zining do‘konidan o‘chirib tashlash bilan shug‘ullanib keladi. PhoneArena nashri gadjetlarga o‘rnatish taqiqlangan mobil ilovalar haqida ma’lumot to‘plab taqdim etdi.

Nashr Google oxirgi marta o‘chirib tashlagan dasturlar ro‘yxati bilan tanishib chiqqan. Ular orasida mashhur foto va video tahrirlagichlar, ish stoli uchun “oboylar”, “shagomer”lar, smartfonni tozalovchi softlar hamda boshqa oddiy o‘yinlar o‘rin olgan. Ularning ayrimlari yarim million martadan ortiq yuklab olingan.

Mazkur ilovalarda zararli kod mavjud bo‘lib, ulardan foydalanuvchining ijtimoiy tarmoqdagi akkauntiga kirishda foydalanish mumkin. Buning uchun zararli ilova akkauntga kirish uchun feyk veb-sahifaga yo‘naltiruvchi “oynani” ochadi. Kerakli ma’lumotlar olinishi bilan dastur ularni belgilangan serverga yuboradi. Bu kabi firibgarliklarga ko‘pincha Android’ning keksa yoki tajribasiz foydalanuvchilari duch keladi.

Ayrim ekspertlar zararli kodga ega Android dasturlar sonining keskin oshib ketganini ta’kidlaydi. 2020-yilning birinchi choragida Google Play’da 29 mingta xavfli ilova topilgan — bu 2019-yilga nisbatan ikki barobarga ko‘p demak. Shuningdek, zarar yetgan smartfonlar soni ham 7 foizga oshgan (11,2 millionga qadar). Kiberxavfsizlik sohasidagi mutaxassislarning qayd etishicha, 10 tadan 9 ta zararli dasturiy ta’minotni Google rasmiy do‘konidagi ilovalardan topish mumkin.

Avvalroq internetda Android smartfonlarni “o‘ldiruvchi” surat paydo bo‘lgani va undan himoyalanish to‘g‘risida xabar berilgandi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Теги: zudlik bilan, nomi e’lon qilindi, xavfli ilovalar, o‘chirib tashlash, kerak bo‘lgan, smartfondan | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя