Главная » 2019 » Декабрь » 30 » Smartfoningiz quvvat olmay qo‘ysa… 7 samarali usul
10:06

Smartfoningiz quvvat olmay qo‘ysa… 7 samarali usul


Bugun smartfonlar insonning shunchalik yaqin hamrohiga aylandiki, ularda qandaydir muammoning paydo bo‘lishi do‘stingizning kasal bo‘lib qolishiday tuyuladi. Statistikaga ko‘ra, foydalanuvchilar eng ko‘p duch keladigan muammolardan biri – telefonni quvvat oldirish bilan bog‘liq ekan. Biroq bunday simptom odatda jiddiy muammodan darak bermaydi. Telefoningiz quvvat olmay qolsa, vahimaga tushmang. Vaziyatni o‘nglashga yordam beruvchi bir nechta maslahat bilan tanishing.

USB-portni qo‘lda tuzatish

Smartfon quvvat olayotgan vaqtda undan foydalanishda davom etsangiz, ertami-kechmi USB-port shunchaki “kasal” bo‘lib qolishi mumkin. Aloqa stabil bo‘lmay qoladi. Ya’ni smartfon doim bir xil quvvat olmaydi. Gajetni ma’lum bir holatda qo‘ysangiz quvvat oladi, bir santimetrga siljitsangiz aloqa yo‘qoladi. 
Gajet quvvat olmayotgan bo‘lsa, avvalo uyachadagi qismni qimirlatib ko‘ring. Agar quvvat uzatuvchi qismda muammo bo‘lsa, smartfonni ma’lum bir holatda qo‘yganda – yana quvvat ola boshlaydi. Quvvat uzatuvchi qismning ishchanligini qaytarish uchun smartfonni o‘chiring. Batareya olinsa, yaxshisi uni chiqaring. Quvvat uzatuvchi qismni joyiga qaytarishga urinib ko‘ring. Buni tishkovlagich yordamida qilsangiz bo‘ladi. Qaytaramiz, buni juda ehtiyotkorlik bilan qilish kerak. Ammo bunday amaliyot qo‘zg‘aluvchan qism muammosidan xalos qiladi.

Uyachadan changlarni tozalash

Quvvat uzatishning yaxshimasligiga yana bir sabab, uning changga to‘lib qolishi. Chang va kirlarni tozalash uchun yana tishkovlagichdan foydalansangiz bo‘ladi.

Kabelni almashtirish

Ba’zida muammo quvvat uzatuvchi qismda emas, kabelda bo‘ladi. Kabelning narxi qimmatligi har doim ham uning sifatini kafolatlamaydi. Masalan, Apple’ning kabellari juda nimjon bo‘lib, qayriluvchi qismlari tez sinadi. Boshqa mos kabeldan foydalanib ko‘ring.

Xavfsizlikka rioya qiling

Smartfon bilan ishlash chog‘ida elementar elektr xavfsizlik qoidalariga amal qiling. Masalan, smartfonni suv oldida yoki o‘ta issiq sharoitlarda quvvatlantirish uchun qoldirmang. Bundan tashqari, kabel yoki quvvatlantiruvchi qurilmani almashtirishga qaror qilganingizda, ehtiyot bo‘ling. Yangi aksessuarlar eskisi bilan bir xilligiga e’tibor bering.

Batareyani almashtirish

 

Yuqorida sanab o‘tilgan usullar foyda bermasa, batareyaning o‘ziga e’tibor qarating. Bu olinadigan akkumulyatori mavjud modellarga tegishli.
Avval batareyani yechib olib, quruq salfetka bilan yaxshilab artib ko‘ring. Unda erish yoki shishish belgilari yo‘qmi, tekshirib ko‘ring. Akkumulyator tekis bo‘lishi kerak. Aks holda uni almashtiring.

Yangilanishdagi xatolar

Android dasturchilari tez-tez elektr quvvat olishni optimallashtirish bo‘yicha tajribalar qilishadi. Smartfoningiz operatsion tizimini yangilagandan keyin tez quvvat olmay qo‘ygan bo‘lsa, navbatdagi yangilanishda nimadir xato ketgan. Boshida shunchaki, telefonni o‘chirib qayta yoqing. Bu yordan bermasa, internetdan avvalgi operatsion tizimni yuklab oling.

O‘chirilgan holatda quvvatlantirish

Smartfonda quvvat foizlari juda sekin ko‘paysa, qandaydir dastur akkumulyatorning olayotgan quvvatidan ko‘proq energiyani so‘rib olayotganini bildiradi. Samrtfonni o‘chiring va bir-ikki soat shu holatda quvvatlantiring. Keyin esa yoqing va quvvat darajasini tekshiring. Smartfon quvvat olgan bo‘lsa, tizimdagi “vampir”ni qidiring.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя