Главная » 2020 » Февраль » 16 » Smartfonlar koronavirusga qarshi kurashishda yordam beryapti
17:56

Smartfonlar koronavirusga qarshi kurashishda yordam beryapti


Yaponiyaning Iokogama shahri porti yaqinida 3700 yo‘lovchisi bo‘lgan “Princess Diamond” kruiz layneri karantinda saqlanayotgani xususida avval xabar bergandik. Yaponiya sog‘liqni saqlash vazirligi mutaxassislari kemadagi bemorlarga yordam berish uchun ularga smartfon tarqatishni maslahat berishdi.
Mobil qurilma yo‘lovchilarning shifokor bilan masofadan turib bog‘lanish va tibbiy maslahat olishlari uchun zarur deb topildi.
Dastlab karantindagi odamlarga uncha qimmat bo‘lmagan Android-smartfonlar yetkazib berish rejalashtirilayotgan edi, biroq bu telefonlarda Sog‘liqni saqlash vazirligi maxsus ilovasi to‘g‘ri ishlamasligi ma’lum bo‘lgach, laynerga 2 mingdan ziyod Applening “iPhone 6s” qurilmasi yetkazib berildi. 
Masofaviy tibbiyot konsultatsiyalari unchalik naf bermagan shekilli, 16-fevral kungi ma’lumotlarda, kemada kasallanganlar soni 355 kishini tashkil qilgani aytilmoqda. 11 yo‘lovchini kemadan tushirishga ruxsat berishdi, ammo ular quruqlikda karantinda saqlanmoqda. Qolganlari ozod qilinmaydi, chunki kasallik belgilari ko‘rinmasa ham ularda virus yo‘qligini ishonchli tarzda tekshirish lozim. 

Manba: "xabardor.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя