Главная » 2020 » Февраль » 19 » Sobiq Prezident 17 yilga qamaldi
19:34

Sobiq Prezident 17 yilga qamaldi


Seul Oliy sudi 2008-2013 yillarda Koreya Respublikasini boshqargan sobiq Prezident Li Myon Bakni davlat mulkini o‘zlashtirish va katta miqdorda pora olishda aybdor deb topdi. Sud hukmiga ko‘ra, mamlakatning sobiq rahbari 17 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Bundan tashqari, 78 yoshli Li Myon Bak 15,7 million dollar miqdorida jarima to‘lashga majbur.

Sobiq davlat rahbari "DAS" avtoulovlar ishlab chiqaruvchi kompaniyaning mablag‘larini o‘zlashtirishda, shuningdek, "Samsung Electronics" kompaniyasidan pora olganlikda gumon qilingan.

Shundoq ham Li Myon Bak bundan oldin korrupsiya va poraxo‘rlikka oid qator ayblovlar uchun jazoni o‘tab chiqqandi. U 2018 yil 22 martda hibsga olingan va shu yilning 5 oktyabrida Seul Oliy sudi uni 15 yilga ozodlikdan mahrum qilgan, ammo 2019 yil mart oyida u sog‘lig‘i yomonlashgani sababli garov evazidan ozod qilingan edi.


Manba: "qalampir.uz"
| Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя