Главная » 2020 » Июнь » 1 » Sodiq it egasini zaharli ilondan qutqarish uchun o‘z hayotini qurbon qildi
12:41

Sodiq it egasini zaharli ilondan qutqarish uchun o‘z hayotini qurbon qildi


Malayziyaning Saravak shtatida sodiq it egasini zaharli ilondan qutqarish uchun o‘z hayotini qurbon qildi. Bu haqda «AsiaOne» xabar berdi.

Sudralib yuruvchi jonivor uyga kirib, oshxonaga yashiringan. Yaxshiyamki, shu uyda olti yildan beri yashayotgan Chiko laqabli it uni topib olgan.

«It ilon bilan olishib, uni halok qildi», — deya so‘zlab berdi itning egasi Elis Minggu. Uning aytishicha, jonivorlarni ajratishning iloji bo‘lmagan.

Ilonni biryoqli qilgach, Chiko ayvongacha yurib borgan va ilon zahridan halok bo‘lgan.

«Ko‘pchilik uni qopag‘on it deya arz qilishardi. Lekin kecha u bizni qutqardi, biz esa, afsuski, uni qutqara olmadik», — deb yozadi Minggu «Facebook»da.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: IT, ilondan, qutqarish, egasini, qurbon, Sodiq, zaharli, hayotini | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя