Главная » 2020 » Март » 21 » Sog‘liqni saqlash vaziri spirt iste’mol qilish koronavirusdan saqlanishga yordam bermasligini aytdi
10:13

Sog‘liqni saqlash vaziri spirt iste’mol qilish koronavirusdan saqlanishga yordam bermasligini aytdi


O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov aholi o‘rtasida tarqalgan spirt iste’mol qilish koronavirusning oldini olishda yordam berishi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi.

“Agar spirt yordam bera olganida, Yer yuzida OITS, virusli gepatit B, gepatit C, COVID-19 koronavirusi ham bo‘lmas edi.

Xitoy, Koreya, Fransiyada uni ichishmadi, deb o‘ylaysizmi? Ularda ham ichib ko‘rganlar bo‘ladi. Lekin bu saqlamadi. Bu noto‘g‘ri”, — dedi Shodmonov “Qadamma-qadam” loyihasidagi chiqishida.

Vazir alkogolning ko‘plab kasalliklarga sabab bo‘lishini eslatdi.

“Hammamiz bilamizki, alkogol iste’mol qiluvchilarda juda ko‘p surunkali kasalliklar rivojlanadi. Bular — oshqozon, jigar, buyrak kasalliklari. Alkogol iste’mol qilganlarda ishtaha ochilib ketadi-da, ovqatni me’yoridan ortiq yeb qo‘yib, semizlik kelib chiqadi, qorin paydo bo‘ladi”, — deya qo‘shimcha qildi u.

Avval ijtimoiy tarmoqlarda SSV tomonidan spirtli ichimliklar ichish koronavirusdan himoya qilishi haqida tarqalgan feyk SMS’lar yolg‘onligini bildirgan. Shuningdek, Turkiyada koronavirusdan “himoyalanish” uchun qo‘lbola spirt ichgan 15 nafar turkmanistonlik vafot etgan, shunga o‘xshash holat Eronda 7 kishining o'limiga sabab bo'lgani haqida xabar berilgan.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя