Главная » 2020 » Декабрь » 28 » Sog‘liqni saqlash vazirligi nosvoy tayyorlash va sotishni taqiqlashni taklif etmoqda
08:13

Sog‘liqni saqlash vazirligi nosvoy tayyorlash va sotishni taqiqlashni taklif etmoqda


Sog‘liqni saqlash vazirligi 2014 yilda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bilan birgalikda yuqumli bo‘lmagan kasalliklarning xavf omillarini o‘rganilganda quyidagilar aniqlangan: O‘zbekiston aholisining 12 foizi, erkaklarning 23,2 foizi, ya’ni har to‘rttadan bittasi, ayollarning 0,2 foizi nosvoy iste’mol qiladi. Tamaki iste’molchilarining 90 esa foizi nosvoy iste’mol qiladi.

Bu Markaziy Osiyo mamlakatlari aholisi o‘rtasida nosvoy iste’mol qilish ko‘rsatikichining eng yuqorisidir: Qirg‘izistonda – 5,2 foiz, Qozog‘istonda – 1,3 foiz, Turkmanistonda – 1,4 foiz.

Bundan tashqari, tutunsiz tamaki mahsulotlarining 13-15 yoshdagi o‘smirlar orasida iste’mol qilinishining darajasi ham O‘zbekistonda qo‘shni mamlakatlarga qaraganda eng yuqori - 6 foiz. Bu ko‘rsatkich: Qirg‘izistonda – 5,1 foiz, Tojikistonda - 1,8 foiz, Qozog‘istonda – 0,6 foiz, Turkmanistonda – 0,2 foiz).

Nosvoy norasmiy yoki qo‘lbola usulda tayyorlanadi, uning tarkibi ko‘pincha qayerdandir olingan resept bo‘yicha, tarkibiy qismlarning borligiga va ularning qiymatiga qarab belgilanadi. O‘zbekistonda nosvoy bozorlarda, ko‘chalarda va ta’lim muassasalari oldida ochiq sotiladi.

Nosvoyning narxi filtrli sigaretalar narxidan taxminan 4-5 baravar past bo‘lib, bu esa ko‘pchilik uchun hamyonbop.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha tarkibida tamaki bo‘lgan har qanday mahsulot sog‘liq uchun xavfli.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda traxeyada o‘rtacha 3,9 marta, og‘iz bo‘shlig‘ida o‘rtacha 3,8 marta, milklarda 3,1 marta, qizilo‘ngachda 2,5 marta, oshqozonda va burun-halqumda 2 marta ko‘p xavfli o‘smalardan o‘lim kuzatilgan. O‘lim asosan 30-69 yoshdagi erkaklar o‘rtasida shu yoshdagi ayollarga qaraganda ancha ko‘proq uchraydi. Bu esa mutaxassislarning dalolat berishicha nosvoy va boshqa tamaki mahsulotlari iste’mol qilinishiga bevosita bog‘liqdir.

O‘zbekistonda tutunsiz tamaki iste’mol qiluvchi 1,7 million kishining 860 mingdan ortig‘i nosvoy iste’mol qilinishi tufayli bevaqt olamdan o‘tadi.

Ko‘pgina davlatlarda tutunsiz tamakilar ta’qiqlangan

Avstraliya, Singapur, Bahrayn, Butan, Birlashgan Tanzaniya Respublikasi, Birlashgan Arab Amirliklari kabi mamlakatlarda tutunsiz tamaki mahsulotlarini sotish mumkin emas.

Evropa Ittifoqining Shvesiyadan tashqari barcha mamlakatlarida tutunsiz tamaki mahsulotlarini sotish taqiqlagan. Bir qator MDH mamlakatlarida (Belarus, Qozog‘iston, Rossiya Federasiyasi, Turkmanistonda) ham nosvoy ishlab chiqarish va sotish ta’qiqlangan. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi doirasida tutunsiz tamaki mahsulotlarini butunlay taqiqlash haqidagi kelishuv loyihasi ko‘rilmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi mutaxassislari O‘zbekistonda nosvoyni ishlab chiqarish va sotishni qonun darajasida taqiqlashni tavsiya qilmoqda. Ushbu vazifani hal etishga nosvoyning qo‘shni mamlakatlar (ayniqsa Qozog‘iston, Turkmaniston) nosvoyni sotishni taqiqlagani, oxirgi 5 yil ichida O‘zbekistonning 18-39 yoshdagi aholisi orasida nosvoy iste’mol qilish ikki baravar kamaygani ham turtki bo‘ladi, chunki nosvoy chekish tamaki mahsulotlarining boshqa turlariga qaraganda unchalik obro‘li yoki rusmga kirgan emas.

Nosvoy sotuvi va ishlab chiqarilishini tartibga solish juda qiyin, chunki u qo‘lbola usulda yoki uy sharoitida, sanitariya normalariga rioya qilmasdan tayyorlanadi, nazorat idoralari nosvoyning xavfsizligi va sifatini nazorat qilish uchun zarur resurslarga (texnologik, moliyaviy va boshqa) ega emas.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Sog‘liqni saqlash vazirligi, tayyorlash, sotishni, nosvoy | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя