Главная » 2020 » Декабрь » 20 » Sohibqiron Amir Temur siymosiga bag‘ishlangan ilk video o‘yin yaratildi
20:44

Sohibqiron Amir Temur siymosiga bag‘ishlangan ilk video o‘yin yaratildi


Mangu Sarkarda – Sohibqiron Amir Temur siymosiga bag‘ishlangan ilk video o‘yin. O‘yin UIC Games tomonidan yaratildi. Qiziqarli tarixiy syujet, detallarigacha aniqlikda ishlab chiqilgan muhit, reallikka asoslangan moziyni o‘zida jamlagan raqamli texnologiyalar mahsuloti – Mangu Sarkarda o‘zida jamlagan sifatlar. O‘yinda to‘g‘ridan-to‘g‘ri Amir Temur obrazidan foydalanilmaydi, balki uning ishonchli kishisi timsolida voqealar yoritiladi.

Bu haqda "everyday.uz" xabar berdi.

Mangu Sarkarda:

1. “Mangu Sarkarda” o‘yin sanoatida eng ishonchlilaridan bo‘lgan Unreal Engine mexanizmi asosida ishlab chiqilgan.

2. O‘yinni 29 kishilik jamoa 1 yil davomida yaratgan.

3. O‘yinning AAA o‘lchami uning qamrov darajasi qanchalik ulkanligini anglatadi.

4. “Mangu Sarkarda” strategik o‘yinlar turiga kiradi. Voqealar rivoji tarixiy haqiqat asosida, XIV asrda ro‘y beradi.

5. O‘yin madaniy-ma’rifiy xarakterga ega.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: siymosiga, yaratildi, video o‘yin, Sohibqiron, Amir Temur | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя