Главная » 2020 » Октябрь » 15 » Sooronbay Jeenbekov iste’foga chiqdi
13:19

Sooronbay Jeenbekov iste’foga chiqdi


Qirg‘iziston Respublikasi prezidenti Sooronbay Jeenbekov iste’foga chiqqanini e’lon qildi.

"Men hokimiyatga intilmayman. Qirg‘iziston tarixida qonu to‘kkan va o‘z fuqarolariga o‘q uzgan Prezident sifatida qolishni itamayman. Shu sababdan iste’foga chiqishga qaror qildim. Hech qanday hokimiyat mamlakatimiz yaxlitligi va jamiyatdagi totuvlikdan muhim emas", degan Jeenbekov xalqqa yo‘llagan murojaatida. 

Prezident Qirg‘izistonning yangi Bosh vaziri Sadir Japarov va boshqa siyosatchilardan mamlakatga tinch hayotni qaytarishni so‘ragan.

Avvalroq, Jeenbekov mamlakatda parlament saylovlari o‘tkazilgach, yangi prezidentlik saylovi muddatini e’lon qilib iste’foga chiqishi haqida xabar berilgandi.

Ma’lumot uchun, Qirg‘iziston Konstitutsiyasiga ko‘ra, Prezident iste’foga chiqqan taqdirda uning vazifasini bajarish Jo‘qorg‘u Kenesh spikeriga topshiriladi. Hozirda Kanatbek Isayev Qirg‘iziston parlamenti spikeri hisoblanadi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Sooronbay Jeenbekov, iste’foga chiqdi | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя