Главная » 2020 » Март » 3 » Soqol-mo‘ylov va uzun sochlar koronavirusda himoya funksiyasiga ega – Trixolog-shifokor
21:21

Soqol-mo‘ylov va uzun sochlar koronavirusda himoya funksiyasiga ega – Trixolog-shifokor


Trixolog-shifokor Olga Koxas Sputnik radioga bergan intervyusida yuqumli kasallik davrida soqol va mo‘ylovini qirish kerakmi va zarur choralar haqida o‘z fikrlarini aytdi.

Koronavirusning yangi turining dunyo bo‘ylab tarqalishi bir qator afsonalarni keltirib chiqardi. Masalan, tibbiy niqobni kiyganda, erkaklar yuzga yopishib turishi uchun soqolni qirib tashlashlari kerak degan fikrlar paydo bo‘ldi.

Bunday fikrlarga hech qanday asoslar yo‘q, deydi Olga Koxas.

“Koronavirus shunchalik maydaki, teri orqali o‘tadi. Odam kiyimsiz yursa, kasal bo‘lish ehtimoli ko‘proq.

Soqol va mo‘ylov – bu uzun sochlar, sochlar esa himoya funksiyasiga ega. Soqol va mo‘ylov — bu himoya deb, ta’kidlagan bo‘lardim”, — deb ta’kidladi shifokor.

Biroq, bu himoya faqat gigiyena qoidalariga rioya qilgan holda o‘z natijasini beradi, deydi shifokor.

“Soqol va mo‘ylovni parvarish qilish kerakligini anglash kerak. Soqolni nafaqat suv bilan, balki shampunlar bilan yuvish kerak. Agar yuzdagi sochlar ostidagi toshmalar bo‘lsa, soqol ostidagi terini tozalaydigan antiseptik bilan maxsus vositalardan foydalanish kerak. Soqolni har qanday sharoitda, turli mavsumda parvarish qilish, viruslar deb qirib tashlamaslik kerak. Soqol — bu dushman, deb aytmayman. Bu yerda virus, ayniqsa koronavirusning tarqalishiga yordam bermaydi”, — dedi shifokor.


Manba: "sof.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя