Главная » 2017 » Июнь » 16 » Soqqasini cho‘zing, dala hovli sizniki bo‘ladi
14:09

Soqqasini cho‘zing, dala hovli sizniki bo‘ladi


Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida fuqarolarning ishonchiga kirib, firibgarlik yo‘li bilan ularning pullarini qo‘lga kiritib, o‘z ehtiyoji uchun ishlatib yuborgan shaxs qo‘lga olindi.

Tumanda yashovchi E.S. tanishi U.K. bilan so‘zlashib turib, Chorbog‘ shaharchasida joylashgan dala hovlisini nomiga rasmiylashtirib olishda yordam berishini so‘raydi. U.K. ilgari hokimlikda mansabdor lavozimlardan birida ishlaganini, ozroq xarajat qilsa, ko‘mak berishi mumkinligini aytadi va 700 AQSh dollari evaziga “ish”ni bitirishi mumkinligiga sha’ma qiladi.

U.K.ning taklifi E.S.ga ham yoqib tushib, darhol rozi bo‘ladi va unga 400 AQSh dollari beradi. Biroq kelishuvdan har qancha vaqt o‘tsa hamki, hujjatlar hal bo‘lmaydi. Nihoyat ichki ishlar organlariga ariza bilan murojaat qiladi.

U.K. o‘zining aybiga to‘liq iqror bo‘lib, firibgarlik qilganini, olgan 400 AQSh dollarini o‘z ehtiyoji uchun ishlatib yuborganini tan oldi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan to‘plangan xujjatlar mazmunan ko‘rib chiqishlik uchun sud idoralariga yuborilgan.

Bobur Jalolov

 


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: sizniki bo‘ladi, dala hovli, Soqqasini cho‘zing | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя