Главная » 2021 » Февраль » 26 » Sovuq ob-havo chekinadimi? Gidrometeorologiya xizmatining so‘nggi ma’lumoti
17:17

Sovuq ob-havo chekinadimi? Gidrometeorologiya xizmatining so‘nggi ma’lumoti


Gidrometeorologiya markazi kelayotgan dam olish kunlarida kutiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. 

Ushbu haftaning ish kunlari oxirida O‘zbekiston hududi Rossiyaning Yevropa hududi orqali kirib kelgan juda sovuq havo massalari ta’siri ostida bo‘ldi.

Kechasi va ertalb havo harorati 10-12° sovuqgacha pasaydi. Qoraqalpog‘istonda 20-22° sovuq, Ustyurtda 23-25° sovuq bo‘ldi. Kunduz kunlari harorat 4-6° sovuqdan yuqoriga ko‘tarilmadi, shimolda harorat 8-10° sovuq atrofida bo‘ldi. Bunday harorat me’yoriy qiymatlardan 12-17° past bo‘ldi.

Bugundan boshlab sovuq havo massalari respublikamiz hududidan chiqishni boshladi. Uning o‘rniga Turkmaniston hududlaridan iliq havo massalari kirib kelmoqda.

Dam olish kunlari havoning ilishi davom etadi. Yakshanba kuniga kelib, kechasi 3-5° sovuqgacha kuchsizlanadi, kunduz kunlari esa 7-12° iliqgacha ko‘tariladi. Ammo bu fevral oyining oxiridagi iqlimiy me’yorlardan biroz pastroqdir.

Respublika hududining ko‘p qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Faqat Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida va respublikaning tog‘li hududlarida ba’zi joylarda biroz qor yog‘adi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: ob-havo, Gidrometeorologiya, Sovuq | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя