Главная » 2020 » Ноябрь » 22 » Sovuq qo‘llar insonda qanday kasalliklar borligidan darak beradi?
23:11

Sovuq qo‘llar insonda qanday kasalliklar borligidan darak beradi?


Insonning qo‘llari sovuq bo‘lsa bu holat – unga nisbatan befarq bo‘lmaslik kerakligi haqidagi signaldir. Flebolog va tomir bo‘yicha jarroh Kyara Azatyanning aytishicha, doimiy sovuq qo‘llar sog‘lig‘imizda bir qancha muammolar borligini ko‘rsatib berarkan.

Ma’lum bo‘lishicha, tajribada bunday shikoyat bilan ko‘plab bemorlar murojaat qilishar ekan. Shubhasiz, shifokor sovuq qo‘llar insonga faqatgina noqulaylik tug‘diribgina qolmasdan, balki tanada kasal borligini bildiruvchi tashvishli signal ekanligini aytdi.

“Bunga juda ko‘p sabablar bo‘lishi mumkin”, — deya tushuntirdi shifokor. Masalan, qalqonsimon bezdagi muammolar, gormonal buzilishlar, ateroskleroz, qandli diabet va Reyno kasalligi (qo‘l va oyoq barmoqlarida qon aylanishining buzilishi) bo‘lishi mumkin.

Bundan tashqari, chekuvchilar va qon bosimi past odamlarning qo‘llari ham sovuq bo‘lishi mumkin.

Shifokorning tavsiyalariga ko‘ra, bunday muammoga duch kelgan bemorlarga yordam berishning usullaridan biri bu jismoniy faoliyat ekanligini, yomon odatlardan voz kechish, xolesterin va qon bosimi darajasini muntazam nazorat qilib borish, shuningdek, to‘g‘ri ovqatlanish zarurligini unutmasliklari lozim ekan.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Теги: kasalliklar, Qo‘llar, darak, Sovuq | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя