Главная » 2020 » Февраль » 14 » Spirtli ichimliklar koronavirusga chalinish ehtimolini pasaytiradimi?
22:52

Spirtli ichimliklar koronavirusga chalinish ehtimolini pasaytiradimi?


Butun jahon sog‘likni saqlash tashkiloti vakili Toriq Yazerivich har qanday turdagi alkogolli ichimliklarni ichish koronavirusni bilan zararlanishga qarshi kurasha olmasligini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, spirtli ichimliklar aksincha insonni yomonroq ahvolga soladi.

“Aksincha, ko‘p miqdorda spirtli ichimliklarni iste’mol qilish – alkogoldan zaharlanishga olib kelishi mumkin,” — deydi Yazerevich.

Gazeta.ruʼning yozishicha, JSST vakili, koronavirusni yuqtirib olmalikning yo‘li shifokorlar tavsiya qilgan shaxsiy gigiyenaga amal qilish ekanligini aytdi.

So‘nggi soatlargacha Covid-2019 koronavirusiga chalinganlar soni 60 300 kishidan oshdi, kasallikdan o‘lganlarning umumiy soni 1 371 kishiga, butunlay sog‘ayib ketganlar soni esa 6 061 kishiga yetdi.


Manba: "sof.uz"
| Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя