Главная » 2021 » Май » 6 » “Sputnik V” vaksina amaldorlar uchun olib kelinganmi?
14:05

“Sputnik V” vaksina amaldorlar uchun olib kelinganmi?


O‘zbekistonga Rossiyaning “Sputnik V” vaksinasi olib kelinishi bilan ijtimoiy tarmoqlarda bu vaksina o‘zbek siyosiy elitasi uchun keltirilgani haqida mish-mishlar tarqaldi.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Botir Qurbonov “Sputnik V” bilan O‘zbekistonda kimlaremlanishiga aniqlik kiritdi. Unga ko‘ra, “Sputnik V” vaksinasi O‘zbekistonga 65 yoshdan kattalarni emlash uchun olib kelingan.

“Sputnik V” vaksinasi bilan koronavirus bilan davolanilayotgan shifoxonalarda faoliyat ko‘rsatayotgan tibbiyot xodimlarini ham emlash ko‘zda tutilgan. Hozir Toshkent shahridagi vaksinatsiya punktlariga Sputnik V vaksinasi bilan emlanish uchun murojaat qilayotgan 65 yoshdan kichik fuqarolarda norozilik paydo bo‘lyapti. Ammo, hozir faqat 65 yoshdan kattalarni ixtiyoriy tarzda uchta vaksinadan birini tanlagan holda emlashi ko‘zda tutilgan”, deydi Botir Qurbonov.

Mas’ulga ko‘ra, bugunga qadar Toshkent shahrida 23 mingdan ortiq fuqaro ushbu vaksinani qabul qilgan. Vaksina olib kelingan paytda uni sovuq haroratda saqlash kerekligi uchun faqat Toshkent shahrida foydalanish boshlangan.

“Bugun-ertadan butun Respublikamiz bo‘ylab ushbu vaksina bilan emalash ko‘zda tutilgan va bu jarayonda ham faqat 65 yoshdan kattalar emlanadi”, deya aniqlik kiritdi Qurbonov.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda aholini emlash 


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Sputnik V, vaksina, amaldorlar | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя