Главная » 2021 » Сентябрь » 25 » SSV statistikasi: Kasallanish kamaymoqda
10:53

SSV statistikasi: Kasallanish kamaymoqda


So‘nggi kecha kunduzda yurtimizda yana 500 nafardan ziyod kishida koronavirus aniqlandi, kasallikdan 6 nafar bemor vafot etdi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.

2021 yil 24 sentyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 171588 (+508) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 36 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 9 nafari Andijon viloyatida,
  • 7 nafari Buxoro viloyatida,
  • 9 nafari Jizzax viloyatida,
  • 4 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 6 nafari Navoiy viloyatida,
  • 7 nafari Namangan viloyatida,
  • 52 nafari Samarqand viloyatida,
  • 15 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 15 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 21 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 3 nafari Xorazm viloyatida,
  • 98 nafari Toshkent viloyatida,
  • 226 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kasallikdan sog‘ayganlar jami 166013 (+731) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 97 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1218 nafarni tashkil qildi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: kasallanish, SSV, statistikasi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя