Главная » 2020 » Январь » 11 » Statistika qo‘mitasi: Eng qimmat osh Samarqandda tayyorlanadi
08:12

Statistika qo‘mitasi: Eng qimmat osh Samarqandda tayyorlanadi


Davlat statistika qo‘mitasi matbuot xizmati O‘zbekistonning turli ma’muriy hududlari kesimida tayyor palov (osh)ning o‘rtacha narxlari haqida ma’lumot berdi. Unga ko‘ra, eng qimmat osh Samarqandda qayd etilgan. U yerda 2019-yil dekabrda bir porsiya palovning narxi 20 ming so‘m, bir kilogrammi esa 140 ming so‘mdan sotilgan.
Kuzatuv natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston osh markazlarida 1 porsiya va 1 kg. palov narxi 2019-yil dekabr oyi uchun quyidagicha bo‘lganligi (so‘mda)  aniqlangan:

•  Qoraqalpog‘iston Respublikasi 1 porsiya tayyor osh narxi — 12 167 so‘m, 1 kg. osh – 85 ming 169 so‘m. 
•  Andijon – 1 porsiya – 14 ming, 1 kg. – 98 ming so‘m; 
•  Buxoro – 1 porsiya – 16 ming so‘m, 1 kg. – 112 ming so‘m; 
•  Jizzax – 1 porsiya – 15 ming, 1 kg. – 105 ming so‘m; 
•  Qashqadaryo – 1 porsiya – 15 ming, 1 kg. – 105 ming so‘m; 
•  Navoiy – 1 porsiya – 12 ming so‘m, 1 kg. – 84 ming so‘m; 
•  Namangan – 1 porsiya – 10 ming 700 so‘m, 1 kg. – 74 ming 900 so‘m; 
•  Samarqand – 1 porsiya – 20 ming so‘m, 1 kg. – 140 ming so‘m; 
•  Surxondaryo – 1 porsiya – 11 ming 667 so‘m, 1 kg. – 81 ming 667 so‘m; 
•  Sirdaryo – 1 porsiya – 15 ming so‘m, 1 kg. – 105 ming so‘m; 
•  Toshkent – 1 porsiya – 13 ming 333 so‘m, 1 kg. – 93 ming 331 so‘m; 
•  Farg‘ona – 1 porsiya – 14 ming so‘m, 1 kg. – 98 ming so‘m; 
•  Xorazm – 1 porsiya – 14 ming so‘m, 1 kg. – 98 ming so‘m; 
•  Toshkent shahri – 1 porsiya – 15 ming 400 so‘m, 1 kg. – 107 ming 800 so‘m.

“Ushbu narxlarni belgilashda faqat tanlab olingan Osh markazlaridagi tayyor palov narxlari hisobga olingan. Restoran va choyxonalardagi narxlar bundan mustasno”, deyiladi xabarda.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя