Главная » 2017 » Январь » 15 » Steyk pishirishni bilasizmi?
08:57

Steyk pishirishni bilasizmi?


Ko‘pincha restoran va kafelarda yegan steykimizni uyda ham tayyorlab ko‘rishga urinamiz. Afsuski, bu urinishlarimiz doim ham samarali bo‘lavermaydi. Quyida aynan steyk tayyorlash bo‘yicha maslahatlar berilgan, ulardan foydalanib oshxonangizni haqiqiy restoranga aylantiring.

1.      Steyk uchun mol go‘shti ayni muddao. Demak, go‘shtning lahm va yog‘siz joyidan tanlab, 1-2 soat avval marinadlab qo‘ying.

2.      Go‘shtni qovurishdan oldin, albatta qog‘oz sochiqda qurutib oling, shunda yog‘ sachramaydi. Agar yangi xarid qilingan go‘shtdan emas, muzlatgichdagisidan foydalanmoqchi bo‘lsangiz, uni eritishga shoshilmang. Yaxshisi kechqurin muzxonadan olib, muzlatgichning o‘ziga qo‘ying. CHunki qaynoq suvda yoki mikroto‘lqinli pechda eritilgan go‘shtning suvi qochadi va steyk quruq bo‘lib pishadi.

3.      Muzlatib eritilgan go‘sht tez qovurilishini ham inobatga olib qo‘ying. Go‘shtni kaftdek-kaftdek qilib kesing, shunda u qovurilish jarayonida qurib qolmaydi.

4.      Tovaga go‘shning yarmini qoplaydigan miqdorda yog‘ solsangiz kifoya, ko‘p yog‘ning keragi yo‘q. Tagiga oldirmaydigan, maxsus qoplamali tovalar steyk uchun ayni muddao. Qolaversa go‘shtni qayta-qayta ag‘daravermang, bir tomoni yaxshilab qizarib bo‘lgandan so‘nggina ag‘daring.

5.      Steykni o‘simlik yog‘ida qovuring. Go‘sht solishdan avval tovani yaxshilab qizdirib oling. CHunki go‘sht qaynoq idishga tushganda teshikchalari yopilib, ichidagi sharbati chiqib ketmaydi.

6.      Go‘shtning har ikki tomonini 5-10 daqiqadan, qizarguncha qovurib oling-da, folga qog‘oziga o‘rab, qizib turgan gaz pechiga 10-15 daqiqaga qo‘ying. Tayyor bo‘lganligini bilish uchun unga aslo sanchqi sancha ko‘rmang. O‘rtasidan pichoq bilan ozgina kesib tatib ko‘ring.   

7.      Go‘shtni bir muddat chekkaroqqa qo‘yingda, sous tayyorlashga kirishing. Axir steykni soussiz tasavvur qilib bo‘ladimi? 


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Ritseptlar | | Теги: pishirishni bilasizm, STEYK | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя