Главная » 2019 » Декабрь » 24 » Stomatolog tishlar uchun eng zararli ichimliklarni aytdi
22:50

Stomatolog tishlar uchun eng zararli ichimliklarni aytdi


Londonlik stomatolog shifokor Kristofer Orr tishlar uchun qaysi ichimliklar zararli ekanligini aytdi, deb yozadi The Sun.

Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, tishlarga eng ko‘p zararni gazlangan ichimliklar etkazadi. Ular tarkibida yuqori darajadagi kislotalilik va ko‘p miqdorda shakar bo‘lishi bois tish emalini parchalaydi.

Shifokor gazlangan ichimliklarni yarim soat oraliqda ichish kerakligini aytdi. Organizmning tabiiy himoyachisi bo‘lgan tupuk ajralib chiqishi uchun aynan shuncha vaqt lozim bo‘ladi.

"Ichimlikni bir necha soat davomida ichaversangiz, organizmda tupuk ajralib chiqishi uchun imkoniyat qolmaydi", — dedi Orr.

U shuningdek, har qanday vino tishlar uchun zararli ekanini, ayniqsa oq vinoda kislota yuqori darajada ekanligini aytdi.

Shifokor tish emalini saqlab qolish uchun ichimliklarni naycha orqali ichish va ho‘plamlar orasida og‘izni suv bilan chayishni tavsiya qildi

Manba: "kun.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя