Главная » 2017 » Январь » 12 » Stressga qarshi kurashishning 17 yo‘li
09:56

Stressga qarshi kurashishning 17 yo‘li


1.    Sog‘ tanda sog‘lom aql naqliga amal qiling, vaqtida uxlang va uyquga to‘yib uyg‘oning. Miyasi dam olgan odam stressga yengilmaydi.

2.    Ichki tuyg‘ularingizni o‘zgartiring. Biror noxushlik yuz beradi, ishdan bo‘shatib yuborishadi, daromadim kamaysachi, yashashga hech nimam qolmaydi kabi yomon xayollardan o‘zingizni xalos eting.

3.    Negativ xayollar sizni tark etmayaptimi, qalbingiz xufton va notinchmi, hadeb asabiylashaverasizmi,  demak stress sizni butunlay zabt etibdi. Bundan xalos bo‘lishning eng yaxshi yo‘li sport bilan shug‘ullanishdir. Qanchalik g‘alati bo‘lmasin jismoniy zo‘riqish insonni tinchlantiradi va quvonch bag‘ishlaydi. Ayniqsa toza havoda qilingan jismoniy mashqlar doimiy xavotirlik va siqilishlardan forig‘ etadi.

4.    Stress bilan  kurashishda xushbo‘y hidli mevalar yoki purkagichli havo tozalagichlardan foydalaning. Yotoqxonangizga xushbo‘y hidli havo tozalagichlardan sepib qo‘ying.

5.    Shokolad ham stress bilan kurashishda samarali vosita, muhimi, me’yorni unutmasangiz bo‘lgani. Bo‘lmasam ortiqcha vazndan ham stress paydo bo‘ladi.

6. Yoqimli musiqa eshiting yoki oxiri yaxshilik bilan tugaydigan komedik film tomosha qiling.

7.    Iloji boricha hayotga pozitiv ko‘z bilan qaraydigan insonlar suhbatida bo‘ling. Ularning pozitiv kayfiyati sizga ham o‘tadi.

8.    Ko‘proq toza havoda bo‘ling, ayniqsa daraxtlar ko‘p joyda, yashil rang inson asab tizimiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

9.    Moychechak yoki lavandali vanna qabul qiling.

10.  Bolalar bilan gaplashing. Ular stress va depressiya nimaligini bilmaydilar, doimo beg‘am va shodonlar.

11.  O‘zingiz yoqtirgan mashg‘ulot bilan shug‘ullanishni boshlang. Masalan rasm chizish yoki to‘qish singari.

12.  Kun tartibiga rioya eting.

13.  Ko‘proq mevalardan va yashil sabzavotlardan iste’mol qiling.

14.  Yoga yoki tinchlantiruvchi gimnastika bilan shug‘ullaning.

15.  Stressga qarshi uqalash kursiga yoziling.

16. O‘zingiz va yaqinlaringizga kichik sovg‘alar, shirinliklar xarid qiling. Bayramona kayfiyat sog‘likka yaxshi ta’sir o‘tkazadi.

17.  O‘zingizga ishoning, o‘zingizni seving va hammasi yaxshi bo‘lishiga ishoning.  Va albatta shunday bo‘ladi.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Теги: stress | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя