Главная » 2020 » Август » 23 » Suares g‘azabda: "Bunday qarorga kim kelgan bo‘lsa, u bilan gaplashmoqchiman!"
10:30

Suares g‘azabda: "Bunday qarorga kim kelgan bo‘lsa, u bilan gaplashmoqchiman!"


“Barselona” hujumchisi Luis Suares o‘zining klubni tark etayotgani haqidagi mish-mishlardan g‘azabda.

“Men klubga va o‘zimga eng yaxshisini tanlayman, agar mening ketishim jamoa uchun yaxshi bo‘lsa, bunga tayyorman. Lekin bunday qarorga kim kelgan bo‘lsa, u bilan gaplashmoqchiman. Qani, bu so‘zlarni yuzimga aytsin”, dedi urugvaylik hujumchi jurnalistlarga.

Eslatib o‘tamiz, Suaresning "Barselona" bilan amaldagi shartnomasi 2021 yil iyuniga qadar amal qiladi.

O‘tgan mavsumda 33 yoshli futbolchi "ko‘kanorlilar" formasida 36 ta o‘yin o‘tkazib, 21 ta gol urdi va 12 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: g‘azabda, Suares | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя