Главная » 2018 » Апрель » 27 » Sudlanganlikni qanday olib tashlash mumkin?
11:33

Sudlanganlikni qanday olib tashlash mumkin?


Ko‘pchilik biror ishga kirishi, o‘qishi yoki boshqa hollarda sudlanganlik holati, sudlanganlik muddati, sudlanganlikning olib tashlanishi haqida to‘liq ma’lumot olishga qiziqadi.

Qonun hujjatlaridagi bu boradagi aniq ma’lumotlar asosida sudlanganlik tushunchasi bilan tanishib chiqish mumkin. Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanalida bu haqda xabar berildi.

Sudlanganlik nima?
Sudlanganlik - shaxsning sodir etgan jinoyati uchun hukm etilganligidan kelib chiqadigan huquqiy holat.


Shaxs qachon sudlangan deb hisoblanadi?

Faqatgina jazo tayinlangan ayblov hukmi qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab shaxs sudlangan deb hisoblanadi. Sud tomonidan jazodan ozod qilingan shaxs sudlanmagan deb hisoblanadi.

Sudlanganlik holati qachon tugaydi?

Shaxsning sudlanganlik holati quyidagi paytlarda tugallanadi:

shartli hukm qilinganlarga nisbatan - sinov muddati tugagan kundan boshlab;

majburiy jamoat ishlari, xizmat bo‘yicha cheklash yoki intizomiy qismga jo‘natish tarzidagi jazolarini o‘tab chiqqach;

jarima jazosi ijro etilgan kundan keyin, shuningdek muayyan huquqdan mahrum qilish yoki axloq tuzatish ishlari jazolari o‘talganidan keyin bir yil o‘tgach;

ozodlikni cheklash jazosi o‘talganidan keyin - ikki yil o‘tgach;

besh yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi o‘talganidan keyin - to‘rt yil o‘tgach;

besh yildan ortiq, lekin o‘n yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi o‘talganidan keyin - yetti yil o‘tgach;

o‘n yildan ortiq, lekin o‘n besh yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi o‘talganidan keyin - o‘n yil o‘tgach.

Sudlanganlik holatining tugash muddati o‘tmasdan turib olib tashlash mumkinmi?

Ha, mumkin. Buning uchun quyidagi harakatlar amalga oshirilishi kerak:

shaxs ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tab bo‘lganidan keyin unga nisbatan ma’muriy jazo yoki intizomiy ta’sir choralari qo‘llanilmagan bo‘lishi kerak;

yuqorida sanalgan muddatlarning kamida yarmi o‘tgan bo‘lishi kerak;

jamoat birlashmasi, fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organi, jamoa yoki jazoni o‘tab chiqqan shaxsning o‘zi sudga sudlanganlikni olib tashlash haqida iltimosnoma bilan murojaat qilishi kerak.


Sudlanganlik afv etish yoki amnistiya akti asosida ham olib tashlanishi mumkin.

Sudlanganlikni olib tashlash to‘grisidagi iltimosnoma qaerdagi sudga beriladi?

Qoida tariqasida, ushbu iltimosnoma sudlangan shaxs yashab turgan tuman (shahar) da joylashgan jinoyat ishlari bo‘yicha sudga beriladi va shu sudning sudyasi sudlanganlikni olib tashlash masalasini hal qiladi.

Temur Nazarov


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Fikr Mulohaza | | Теги: qanday, olib tashlash mumkin, Sudlanganlik | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя