Главная » 2020 » Июнь » 12 » Suratkash daraxtdagi ukkini rasmga oldi. Uni ko‘rish uchun biroz ter to‘kishga to‘g‘ri keladi (foto)
19:54

Suratkash daraxtdagi ukkini rasmga oldi. Uni ko‘rish uchun biroz ter to‘kishga to‘g‘ri keladi (foto)


Hindistonning Chennay shahrida yashovchi suratkash Varun Jayn o‘rmonda olgan surati bilan bo‘lishdi. Uning aytishicha, ushbu suratda ukki ham aks etgan, biroq uni osonlikcha payqab bo‘lmaydi, deb yozadi Daily Mail.

Qayd etilishicha, qush shu qadar ustamonlik bilan daraxtga o‘rnashganki, natijada u sezilmaydi.

30 yoshli suratkashning so‘zlariga ko‘ra, u bu kadrni Hindiston markazidagi Pench milliy bog‘ida olgan.

U dastlab qoplonni rasmga olishni mo‘ljallagan, biroq qaysidir daqiqada daraxt uning e’tiborini tortgan. Shunda u daraxt kovagida ukki o‘tirganini payqagan.

“Daraxtda ukki borligini sezish uchun 10 daqiqacha vaqt sarfladim”, — deydi u.



U bog‘ga bir necha do‘stlari bilan birga borgani va qushni ko‘rishga ularga bir holat yordam berganini aytgan.

“Agar qushning e’tiborimni tortgan bilinar-bilinmas harakati bo‘lmaganida men ukkini sezmasdim”, — deydi Jayn.

Uning so‘zlariga ko‘ra, rasmga olish jarayoni qiyin kechmagan, biroq odamlarni suratda ukki borligiga ishontirish qiyin bo‘lgan.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: ter to‘kishga, daraxtdagi, rasmga oldi, Suratkash, to‘g‘ri keladi, (Foto), ukkini | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя